Xiaomi romsiz Mi MIX 3 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qurilma slayder formatida yaratilgan bo‘lib, kameradan foydalanish uchun qurilma egasi smartfonning orqa panelini surishi kerak bo‘ladi.
Mi MIX 3 smartfoni 6,39 dyuymli AMOLED ekrani, olti, sakkiz yoki o‘n gigabaytli tezkor xotira bilan jihozlangan.
Yangi qurilma 5G tarmog‘ida ishlay oladi va simsiz quvvatlanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, smartfon barmoq izini oluvchi skanerga va har biri 12 megapikselli bo‘lgan ikkita kameraga ega.
Mi MIX 3 uch rangda taqdim etilgan: qora, to‘q yashil va ko‘k. Smartfonning narxi 475 dollarni tashkil qiladi. Tezkor xotirasi kattaroq bo‘lgan modellarning narxi mos ravishda 575 va 720 dollarni tashkil qiladi. Xitoyda smartfon savdosi 1-noyabrdan boshlanadi.
Izoh (0)