Romsiz Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining haqiqiy suratlari internetda paydo bo‘ldi, gadjetning rasmiy taqdimoti 25-oktabrda bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Suratda ikkita gadjet orqa tomondan tasvirlangan. Orqa tomonda ikkita asosiy kamera va barmoq izini oluvchi skaner joylashgan.
Gadjetga Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan. Smartfon 6 va 8 gigabaytli operativ xotiraga ega.
Bundan tashqari, domiy xotiraning 128, 216 va 512 gigabayt ekanligi haqida ham ma’lumotlar mavjud. Batareya sig‘imi 3500 milliamperga teng.
Izoh (0)