Toshkentda poytaxt aholisining talablariga muvofiq “Do‘stlik festivali” doirasidagi barcha bayram tadbirlari 21-oktabr, yakshanba kuni ham davom ettiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hokimlik Navoiy teatri oldidagi katta namoyish, shuningdek, “Ijodiy kechalar”, “Avto-moto shou”, “Teatr san’ati kechalari”, “Ming bir rasta” tadbirlari, Xalqlar do‘stligi saroyi oldida konsert, musiqa festivallari va mushoiralarga taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Do‘stlik festivali” 16-oktabr kuni boshlangan edi.
Izoh (0)