Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hokimi Baxtimurod Karimov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Turon 24” manbasi xabar berdi.
20-oktabr kuni Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida ushbu masala ko‘rildi. Oltinko‘l tumaniga Nazirjon O‘rinboyev vaqtinchalik hokim etib tayinlandi.
Nazirjon O‘rinboyev 1966-yilda shu tumanda tug‘ilgan. Ma’lumot oliy. Mahalliy ichki ishlar tizimida xizmat qilgan.
U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati “Agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)