Rossiyaning Astraxan viloyatidagi “Qorao‘zak” nazorat punktida chegarachilar pasportiga mamlakat hududida amalda bo‘lmagan muhr urilgan O‘zbekiston fuqarosini aniqladi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Erkak vataniga qaytishni shu darajada xohlardiki, chegaradan eson-omon o‘tib olish uchun hatto chegarachiga 7000 rubl miqdorida pora taklif qildi. Ushbu harakat uchun jinoiy javobgarlik borligi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng erkak pora berish taklifidan qaytdi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda O‘zbekiston fuqarosi migratsion qonunchilikni buzgani uchun ma’muriy jazo tayinlash maqsadida politsiya xodimlariga topshirilgan.
Izoh (0)