• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Otangga bor, onagga bor” yoxud “Yermulkkadastr” tashkilotining nayranglari xususida

    Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi Farruh Ro‘ziyev “Daryo” tahririyatiga “Yermulkkadastr” tashkiloti faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususidagi maqolasini taqdim etdi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, odamzot ibtidoiy jamoa davridan yer-joy, mol-mulk uchun talashgan. Davrlar o‘tib insondagi bu xohish kuchaysa kuchaydiki, so‘nmadi. Mayli, o‘tmishni qo‘yib turaylik. Yurtimizda mustaqillikning ilk davrlarida ham o‘zboshimchalik bilan imorat solib unda bola-chaqa ortirib, bir necha o‘n yillab yashagan odamlar kam bo‘lmadi. Ular hozir ham bor. Biroq, har bir qilingan amal ortida qonunlarga itoatkorlik hissi bo‘lishi lozim. Ammo, hukumatimiz yanayam odil, yurtboshimiz insonparvar.

    Prezidentning “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi “Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi 461-sonli qarori tufayli mamlakatda o‘zboshimchalik bilan solingan turar joylarga egalik huquqi tiklandi. Keling, bu masalaga oydinlik kiritish uchun tahlillarni Navoiy viloyati misolida ko‘ramiz.

    Viloyatning davlat xizmatlari markazlariga 569 nafar fuqarodan murojaat kelib tushdi. Xodimlarning sa’y-harakati tufayli joriy yilning 1-oktabr holati bilan 49 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. Ammo, hali ham mazkur masalada aholidan kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilayapti, deb bo‘lmaydi. Hanuz uy-joylarga egalik huquqini berishda sansolarlik, “otangga bor, onagga bor” qabilidagi harakatlar mavjud. Bunga amin bo‘lish uchun aholidan tushgan murojaatlar natijasini o‘rgandik.

    2018-yilning 11-iyulida Karmana tumanining “Bog‘ishamol” MFYda yashovchi fuqaro Baxtiyor Umarov o‘ziga tegishli o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joyiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida yozgan arizasi shu kunning o‘zidayoq markaz xodimlari tomonidan vakolatli idoraga elektron axborot almashinuvi dasturi orqali jo‘natilgan. Aniqlanishicha, mazkur murojaat Navoiy viloyat Yermulkkadastr davlat korxonasi Karmana tuman filiali rahbarining munosabat belgisi bilan filial mutaxassisi J.Olimovga ijro uchun berilgan. Ammo, ma’sul xodim fuqaroning murojaatini 12 ish kuniga kechiktirib 31-iyul kuni komissiya a’zolariga yuborgan. Xuddi shunday holat fuqarolar N.Jurakulova, A.Narziyeva, N.Xalilova, N.Rahmatova, A.Madatov, N.Abdullayevalar singari 92 nafar fuqaro murojaatiga ham qo‘llanilgan.

    Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 21-iyundagi 461-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandida, komissiya ishchi organiga ariza kelib tushgandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida ko‘rsatilgan joyga chiqqan holda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganib, uning texnik planini shakllantiradi hamda ushbu texnik planni komissiya a’zolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga tizim orqali yuborishi qat’iy belgilangan.

    Nega 3 ish kunida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ariza 12 va undan ortiq ish kunlariga cho‘ziladi? Demak, qonun ijrosining ataylab buzilishida bir gap bor. Mazkur qoidabuzarlikka javoban Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi qarori bilan ma’sul xodim J.Olimovga nisbatan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida, ya’ni 552 900 (besh yuz ellik ikki ming to‘qqiz yuz) so‘m jarima qo‘llanildi. Afsuski, xuddi shunday ma’muriy jazoga Konimex, Xatirchi, Nurota tumanlarining yermulkkadastr tashkiloti xodimlari ham tortildi.

    Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, hali qishloq aylanib o‘tib, odamlardan eshitganimiz shu bo‘ldi. Xalq ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, “zemlyamer”larning obro‘yi yanada oshganmish. To‘g‘rida, ayrim fuqarolarning 25—30 yillik armoni ushalayotganida nega tashkilot xodimlariga xushomad urmasin. Nima bo‘lganda ham davlatimizda odamlar hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun yaratilayotgan islohotlar ilohim barchaga yaxshilik olib kelsin.

    08.10.2018, 14:13   Izoh (0)   36831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 34 yoshli bemorga 29 yoshli ukasining jigar bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi

    08.10.2018, 13:59

    Toshkent shahar IIBB Sergelida 4 nafar yosh qizning zo‘rlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi

    08.10.2018, 13:48

    Qashqadaryoda maktab direktori MIB xodimiga pora taklif qildi

    08.10.2018, 13:43

    Samarqandda “Yoshlar – armiyamiz kelajagi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

    08.10.2018, 12:48

    Andijonda 1500 AQSh dollari evaziga “gashish” sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

    08.10.2018, 12:23

    Yulduz Turdiyeva Parijdagi De la Ville teatrida konsert berdi

    08.10.2018, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda mansabdor daraxtlarni ko‘chirishga “amr” qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:00

    Saudiya klublari Grinvud uchun 80 million yevro taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 19:47

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:35

    Janubiy Koreyada sud kompaniyani xodimning alkogoldan vafot etishida aybdor deb topdi

    Dunyo | 4 avgust, 19:22

    Qarshida uyining tomorqasida “kannabis” yetishtirayotgan fuqaro fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:00

    “Qizil sharbat” seriali yulduzi Sila Turko‘g‘lu turmushga chiqmoqda, yangi “Hukmdor Usmon” kim? turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 4 avgust, 18:50

    “Yevropaning Falastinni tan olishi AQSH bilan muloqotni qiyinlashtiradi” — WSJ

    Dunyo | 4 avgust, 18:40

    Betakror durdonalar: real voqealarga asoslangan qiziqarli filmlar

    Kino | 4 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.