2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda prezident qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini ta’minlovchi portal tashkil etiladi. Bu haqda davlat rahbarining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini ta’minlovchi Jamoatfikri.uz portalining tashkil etilishi va yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)