• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojmahalning asl rangini bilasizmi?

    Keyingi yillarda Tojmahal kun davomida turli tusga kirishi haqida turli faktlar paydo bo‘ldi va bu masalaga qiziqish ortib bormoqda. Hindiston hukumati Tojmahalning asl rangini aniqlay olsa, uning qadimiy rangini qayta tiklashga tayyor. Tojmahalni odatda oq rangda deb bilishadi va suratlarda ham oq rangda ko‘rinadi, deyiladi Turon 24 xabarida.

    Foto: Turon 24

    Foto: Turon 24

    Oq rangning yigirmadan ko‘p turi bor. Tojmahal albatta o‘shalardan birida, ammo qaysi tusda? Sutrangmi? Tuxumrangmi? Yoki marvarid tusdami?

    “Bu jonsiz binoning o‘zgaruvchanligi haqida gapirish g‘alati tuyulishi mumkin, ammo har safar Tojmahalni ko‘rganingizda u boshqacha tusda ko‘rinadi, – deb yozgan edi 2006-yilda The Wall Street jurnali.

    – Uning oq marmar rangi kunning har bir qismida o‘zgarib turadi: saharda pushti, kunduzi sutday oq, tungi oy yorug‘ida esa oltinrang bo‘lib ko‘rinadi”.

    Rang ham miqdor jihatidan farq qiladi. Turistlar uzoq vaqtdan beri Tojmahalning o‘zgaruvchanligini kuzatishadi. 17-asr yodgorligi eski roman sahifalari kabi asta-sekin sarg‘ayib bormoqda.

    “Tojmahal asta-sekinlik bilan ohorini yo‘qotayapti, yaqinda aniqlangan faktlar esa ushbu yodgorlikning kelajagi haqida jiddiy bosh qotirishga majbur qiladi. Tojmahalning tashqi devorlari va gumbazi oq marmar bilan qoplangan bo‘lib, u quyoshli kunda ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq tusga kirsa, botayotgan quyosh nurida qip-qizil tus oladi, tunda esa oyning kumush shu’lasini aks ettiradi”, – deb yozgan edi Travel Ask nashri.

    Tojmahal qurilishida oq marmardan foydalanilgan va 1980-yillarda havo ko‘proq ifloslana boshlagandan so‘ng u yarqiroqligini yo‘qota boshladi. Uning yarqiroqligini tiklash uchun hukumat 2008-yildan beri yodgorlikning ustki qismini sovunlab yuvdirmoqda. Ba’zi joylarga qora marmar o‘rnatildi; orqa tomoni Xronomus kalligrafiyasida bo‘yab chiqildi. Biroq bu harakatlar Tojmahal nursizlanishining oldini olish yoki kechiktirish uchun juda kamlik qiladi.

    Tojmahal to‘rt tarhli, uch qavatli, besh gumbazli qilib, 104×104×7 metrli marmar supa ustiga qurilgan. To‘rt burchagidagi balandligi 45 metr bo‘lgan ingichka minoralar maqbaraga salobat bag‘ishlab turadi. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlardan qadama naqshlar ishlangan.

    Asl rangni aniqlash usullari

    Ushbu o‘zgarishlardan keyin Oliy sud shu yil boshida Hindiston arxeologik tekshiruv boshqarmasi va bu ishlarga loqayd bo‘lgan Uttar Pradesh shtati hukumatidan kompensatsiya so‘radi. Ko‘p vaqt o‘tmay Madaniyat va atrof-muhit birlashmasi vaziri Mohesh Sharma Tojmahalning haqiqiy rangini aniqlash uchun “ilmiy uslub”dan foydalanishlarini aytdi.

    “Bizda yodgorlikning yuz yillar oldin olingan o‘ziga xos fotosuratlari bor. Ayni paytda bu o‘zgarishlarni aniqlash uchun eski rasmlar yodgorlikni tozalashdan keyin olingan suratlar bilan taqqoslanadi”, – deydi Sharma iyun oyida Times of India nashriga bergan intervyusida.

    Ammo bir narsa unutildiki, eski suratlarning 90 foizi oq-qora rangda. Eng qadimgi fotosurat 1865-yilda olingan, rangli fotosuratlar esa ancha yangiroqdir.

    Hindiston fotoarxivi jamg‘armasi raisi Aditya Aryaning “Arxa” jurnalida yozishicha, “haqiqiy rangni qora va oq rangli fotosuratlardan aniqlash mumkin emas”.

    Suratlarning oq-qora kameralarda olingani muammoning markazida turadi. “Qadimgi oq-qora filmlar obyektlarning yorqinligini ushlab turishi mumkin edi, xolos”, – deya tushuntirdi Arya. Tasmadagi kumush zarralar nurga ta’sirchandir. Ular ta’sir qiladigan yorug‘lik kuchiga qarab, kulrang va qora ranglarning nozik farqlarini namoyon qiladi. Obyektning yorqinroq bo‘lishi uning rangidan qat’iy nazar filmni quyuq tasvirda ko‘rsatadi.

    “Shunday qilib, Makrana marmarining ranglari oq-qora rangdagi fotosuratlardan birortasida olinmagan bo‘lardi”, – deydi Arya.

    Hindistondagi Times gazetasining xabariga ko‘ra, Sharma va uning jamoasi ranglar stereoskopiyasidan foydalanadi, bunda Viktoria-era uslubi tasvirlarda chuqurlik sezgisini kuchaytirib berishi mumkin. U binokulyar ko‘rinish fenomeniga asoslanadi, bunda hayvonlarning ko‘rish aniqligini tasavvur qilish uchun ikki ko‘zdan qanday foydalanishi tushuntiriladi.

    Ikkala ko‘zimiz ham bir necha santimetrdan chetdagi narsalarni ko‘radi. Miyada ikki nuqta bitta tasvirga birlashadi. Stereoskop xuddi shu qoida asosida ishlaydi. Obyektiv yordamida yengil gorizontal joy almashinuvda ikkita surat olinadi. Qurilmaga kirganingizda, rasmdagi obyektning 3D replikasini ko‘rasiz. Shu ma’noda, stereoskop dastlabki 3D tasvirlash qurilmasi hisoblanadi.

    Kromskop usuli yordamida aniqlash

    Oq-qora tasvirli kamera orqali fotosuratlar ishlash esa qadimgi va urfdan qolgan usul. Frederik Yujin Ayvs tomonidan ishlab chiqilgan bir versiyada oq-qora nuqtalar rangliga aylantirilgan. Bunda oddiy yorug‘lik o‘rniga tasvirlar qizil, ko‘k va yashil nur ostida alohida-alohida yaratiladi. Bu versiya “kromskop” deb atalgan. “Kromskop” maxsus asbobida 6 ta fotosurat birlashtirilganda, oq-qora tasvirning rangli nusxasi paydo bo‘ladi. “Buning sababi biz ko‘rgan uch xil rangning yaxlit holda bir nuqta orqali ko‘rinishidir”, – deb aytib o‘tadi Hindiston ilmiy tadqiqot institutining fizigi, professor Pavon Kumar The Wire’ga bergan intervyusida.

    “Agar shisha yoki plastikda oq-qora shaffoflik bo‘lsa, qizil, ko‘k va yashil ranglar bilan birlashtirilganda kromskopda to‘liq rangli tasvirni ishlash mumkin. Osmon ko‘k rangda, daraxt yashil rangda ko‘rinadi, lekin qayta ishlashda ranglar uyg‘unligida xato va kamchiliklar kuzatilmoqda”, – deya fikrini yakunlaydi janob Kumar.

    “Rangli fotografiyadan foydalanish unchalik yaxshi emas, chunki uning texnologiyasi bo‘yoqlarga tayanadi. Ko‘p bo‘yoqlarning esa kislorodga, namlikka va ultrabinafsha nurlarga ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Ranglarni baholash uchun bu usul bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Suratlar ko‘pincha fotografning subyektiv fikrining namunasidir. Eng muhimi estetik jozibadorligiga urg‘u qaratishimiz kerak“, – deya ta’kidladi Visva Bharati universiteti professori Arpan Mukerji.

    Hindiston geokimyo ilmiy instituti tadqiqotchisi Sambudha Mishraning The Wire nashriga bergan intervyusiga ko‘ra, “Maqbaradagi marmar sirtini kislota yordamida tekshirib ko‘rish marmarlarning haqiqiy rangini aniqlashning eng oson usuli bo‘ladi”.

    Bu borada hind tadqiqotchilari va mutasaddilari hanuz izlanishmoqda. Tojmahal Hindistonning eng ko‘p turist tashrif buyuradigan yodgorliklaridan biridir. Yodgorlik UNESCO’ning muhofaza qilinadigan madaniy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan.

    Tojmahalning “nozik” tarixi

    Tojmahal boburiy shoh Shohjahon tomonidan uning suyukli xotini, 14-farzandini dunyoga keltirish paytida vafot etgan Mumtoz Mahalga atab qurilgan qasr ekani aytiladi. BBC nashri Hindistonda 2014-yilda namoyish qilingan spektakl tarixiy voqeani butunlay boshqacha talqin qilganini yozadi. “Shohjahon va Mumtoz Mahal tarixiga bag‘ishlangan asarda sevishganlar orasida hammasi risoladagidek bo‘lmagani va Tojmahal qurilishining boshqa sababi bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi. Hamma uni sevgi, muhabbat qasri sifatida biladi. Lekin u aybdorlik hissi tufayli bunyod qilingan emasmikan?” – deb yozilgan BBC’dagi maqolada.

    Londonda yashovchi dramaturg va xalqaro masalalar bo‘yicha tahlilchi Dilipp Hironing ingliz tilida yozilgan dramasida Tojmahal aslida aybdorlik hissi bilan qurilgani ko‘rsatib berilgan. “Qarama-qarshiliklar mening asarimda harakatlantiruvchi kuch sanaladi, – deydi janob Hiro BBC’ga. U sevishgan juftlik o‘rtasida paydo bo‘lgan muammolarni tadqiq qiladi. “Qo‘pol qilib aytganda, bu go‘zallikni va boshqalarni madh qilgan maishiy drama emas, balki oliy hokimiyatga – toj-u taxtga erishish haqidagi o‘yindir”, – deydi janob Hiro.

    Lekin tarixiy faktlar Mumtoz Mahalning XVII asr hind siyosatida katta o‘rin tutganini tasdiqlaydi. Hozircha bu jihat tadqiq etilgan emas. Tojmahal “sevgi va sadoqatga qo‘yilgan yodgorlik” deya e’tirof etiladi.

    Ma’lumot uchun: Tojmahalni 1631—1652-yillarda Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi bo‘yida Shohjahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Ravza nomlari bilan mashhur bo‘lgan) atab uning vafotidan so‘ng qurdirgan. Keyinchalik o‘zi ham shu yerga dafn qilingan. Maqbara turk me’mori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Loyiha me’mori Usto Ahmad Lahori hisoblanadi.

    Maqolani “Gulfnews.com” materiallari asosida Xurshid Serobov tayyorlagan.

    07.10.2018, 11:19   Izoh (0)   53925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Galapagos orollarida yuzdan ortiq fil toshbaqalar o‘g‘irlab ketildi

    06.10.2018, 23:56

    London metrosida Yevrotonnelning 91 yoshli sobiq rahbarini temiryo‘lga itarib yuborishdi (video)

    06.10.2018, 22:54

    Indoneziyadagi zilzila va sunami vayronalari ostida 150 mingdan ortiq odam bo‘lishi mumkin

    06.10.2018, 22:36

    Eron shimolidagi suv toshqinlari to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi

    06.10.2018, 21:15

    Interpol o‘zining yo‘qolib qolgan prezidenti Men Xunvey haqida Xitoydan axborot so‘radi

    06.10.2018, 20:55

    Kongo DRda benzovoz yonib ketishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

    06.10.2018, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38

    “O‘lim syujetning butunlay o‘zgarishiga turtki bo‘ladi”. Turk seriallarida bosh qahramonlar halok bo‘lishining 5 sababi

    Madaniyat | 16 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.