Galapagos orollari milliy parki hududidan 120 dan ortiq fil toshbaqalar o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda, Ekvador Atrof-muhit vazirligi bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Galapagos orollari milliy parki ma’muriyati 27 sentyabr kuni umumiy hisobda 123 dona toshbaqa o‘g‘irlangani haqida Santa-Krus prokuraturasiga axborot bergan.
Bunda gap Isabela orolidagi markazda katta qilingan Gyunter fil toshbaqasi va yo‘qolib ketish arafasida turgan g‘or fil toshbaqasi haqida ketmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Ekvador rasmiylari jinoyat ishi ochgan, qayd etishlaricha, tergov-surishtiruv tadbirlari yopiq tartibda olib borilmoqda.
Izoh (0)