Eron shimolidagi Mozondaron viloyatida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Eronning Tasnim agentligi axborotiga ko‘ra, juma oqshomida Mozondaron va G‘ilon viloyatlarida boshlangan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng suv toshqinlari kelib chiqqan.
Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minoti, aloqa va transport qatnovida uzilishlar yuz bergan, shuningdek, bir qator uylar vayron bo‘lib, yo‘llar cho‘kkan.
“Mehr” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Mozondaron rahbariyati shanba kuni viloyat hududidagi olti tumanning barchasida maktablarni vaqtincha yopish haqida ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)