Kongo Demokratik Respublikasining Markaziy Kongo viloyati Mbuba qishlog‘ida benzovozning yonib ketishi oqibatida 50 dan ziyod odam halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Markaziy Kongo viloyati gubernatori Atu Matubununing so‘zlariga ko‘ra, kelib chiqqan yong‘in oqibatida 100 dan ziyod fuqaro jiddiy tan jarohati olgan.
Mahalliy Okapi radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i tashuvchi mashina YTHga uchrab, yonib ketgan, olov esa yaqin atrofdagi uylarni bir zumda qamrab olgan.
Izoh (0)