Interpol rasmiy kanallar orqali tashkilot prezidenti Men Xunveyning maqomi haqida Xitoy hukumatidan ma’lumot so‘radi. Meduza‘ning qayd etishicha, Interpol prezidenti Men Xunvey sentyabr oyi oxirida Xitoyga uchib ketganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan edi.
“Interpol bosh kotibiyati tashkilot prezidentining ahvoli haqidagi savollarga javob berishi lozim bo‘lgan Xitoy rasmiylaridan rasmiy javob kutmoqda”, — deya ma’lum qildi tashkilot bosh kotibi Yurgen Stok.
2016 yildan beri Interpolga rahbarlik qilib kelayotgan Men Xeyvuy sentyabr oyi oxirida Xitoyga safar qilganidan so‘n yo‘qolib qolgan edi. Taxminlarga ko‘ra, u Xitoy rasmiylaridan tomonidan so‘roq uchun hibsga olingan.
Interpol tomonidan tashkilot prezidenti bedarak yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng berilgan dastlabki bayonotda ushbu ish Fransiya va Xitoyning vakolatli organlari tomonidan tergov qilinishi kerakligi ta’kidlangan edi.
Ma’lumot uchun, Interpol bosh qarorgohi Fransiyaning Lion shahrida joylashgan.
Izoh (0)