Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xabar berishlaricha, Ramban okrugidan Banixal shahriga ketayotgan mikroavtobus Ma’ruf aholi yashash punkti yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, jarlikka qulagan. “Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yo‘llarning tirbandligi va ahvoli yomonligi, haydovchilik madaniyatining yetishmasligi oqibatida Hindistonda yirik va jiddiy YTHlar tez-tez yuz beradi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakat yo‘llaridagi avariyalar oqibatida har kuni 400 kishi, bir yilda esa salkam 150 ming kishi halok bo‘ladi.
Izoh (0)