Indoneziyada yuz bergan zilzila va uning oqibatida yuzaga kelgan sunami qurbonlari soni 1648 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hozirda 563 nafar kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Jabrlanuvchilarning aniq soni hozircha noma’lum.
Magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan zilzila Indoneziyada 28-sentabr, juma kuni yuz berdi. Yer qimirlashi oqibatida minglab uylar, shuningdek, mehmonxonalar, kasalxonalar va savdo markazlari buzilgan. Yerosti silkinishidan keyin orolga balandligi ikki metrdan olti metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar yopirilgan.
Avvalroq, qurbonlar soni 1300 dan oshgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)