Daniya Kopengagen portida tezlik bilan o‘sib borayotgan shahar aholisi uchun qo‘shimcha joy yaratish maqsadida yangi orol qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Lars Lekke Rasmussen ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
G‘oya 2070-yilda to‘laligicha yakunlanishi mumkin. Orolda 15 ming kishi uchun turar joy qurish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, orol shaharni dengiz suvi sathi ko‘tarilishidan asraydi.
Shartli ravishda Lynetteholm deb nomlangan loyiha taxminan 20 milliard Daniya kronasi (3,1 milliard dollar) miqdoridagi investitsiyani talab qiladi. Buning ichida metro tunneli va yo‘nalishlarini qurish ham kiradi.
Izoh (0)