Saudiya Arabistoni AQShga o‘zining xavfsizligi evaziga pul to‘lamaydi, deya ma’lum qildi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2-oktabr kuni Missisipidagi tarafdorlari oldida chiqish qilgan Donald Tramp Saudiya qirolini yaxshi ko‘rishini, biroq u AQSh yordamisiz ikki hafta ham yashay olmasligini, shuning uchun u bunday xizmatlar uchun AQShga pul to‘lashi kerakligini ma’lum qilgan edi.
“Aslida biz xavfsizligimiz evaziga hech qanday pul to‘lamaymiz. AQShdan sotib olgan qurolimizning hammasiga pul to‘laganmiz, qurol bizga tekinga tushmagan. AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aloqalar o‘rnatilganidan beri biz hamma narsani sotib olamiz”, — deydi shahzoda.
Izoh (0)