Qozog‘istonda birinchi marta halol ipoteka krediti yo‘lga qo‘yildi. Loyiha respublikada faoliyat yurituvchi “Al-Hilol” banki tomonidan amalga oshiriladi, deya ma’lum qildi “Xalq so‘zi”.
Ta’kidlanishicha, islomiy moliya tamoyillariga asoslangan xizmatdan hozircha Ostona, Olmaota va Chimkent aholisi foydalanishi mumkin.
Mazkur ipotekadan istalgan e’tiqoddagilar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Uning yordami bilan uy sotib olish yoki boshqa bankda olingan ipotekani qayta moliyalash mumkin. An’anaviy ipotekadan bu ipoteka foiz stavkalarining yo‘qligi bilan ajralib turadi.
Bank uy-joy sotib oladi va mijozga ma’lum bir miqdordagi narxda hamda o‘sha narxning butun muddati uchun o‘zgarishsiz qolgan holda sotadi.
Izoh (0)