Germaniyaning 74 yoshli sobiq kansleri Gerxard Shryoder Janubiy koreyalik 49 yoshli tarjimon Kim So Yenga uylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yopiq tantanali marosim Berlin markazidagi mehmonxonada o‘tkazilgan. Marosimda prezident Frank-Valter Shtaynmayer o‘z rafiqasi bilan, TIVning sobiq rahbari Zigmar Gabriyel, Scorpions guruhi vokalisti Klaus Mayne va boshqalar mehmon bo‘lgan.
Shryoder va Kim So Yen 2-may kuni Seul shahrida nikohdan o‘tgan. Biroq to‘y marosimi 5-oktabrda o‘tkazildi. 74 yoshli siyosatchi uchun bu beshinchi nikoh bo‘ldi.
Izoh (0)