Marokashda yoshi 90 ming yilga teng bo‘lgan suyakdan yasalgan pichoq topilgan. U 2012-yilda topilgan, biroq bu vaqt davomida u laboratoriya sharoitida tadqiq qilingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Marokash arxeologiya va madaniy meros milliy instituti va Oksford universiteti xodimlari suyakdan yasalgan pichoqni Dar-as-Sulton 1 g‘orida topgan.
Pichoq topilganidan buyon u tadqiq qilingan va buqa suyagidan yasalgan, degan xulosaga kelingan. Topilmaning yoshi u topilgan yer qatlamiga qarab aniqlangan.
Izoh (0)