AQShda bir million kishining DNKsini rasshifrovka qilish bo‘yicha tarixdagi eng yirik loyiha start oladi. Olimlar uni ramziy tarzda All of Us deb atagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayni paytda dasturda 110 ming ko‘ngilli ro‘yxatdan o‘tgan, ularning 60 ming nafari allaqchon ma’lumotlar yig‘ish bo‘yicha asosiy bosqichdan o‘tgan.
Olimlar o‘zlarining asosiy vazifalari sifatida odam turining va odam genetik ma’lumotlarining xilma-xilligini tadqiq qilish, deb ta’kidlamoqda. Shu tariqa, olimlar turli kasalliklarni aniqlash va bartaraf etishda, natijada esa odam hayotining davomiyligini uzaytirishda sifatli o‘zgarishni amalga oshirishga umid qilmoqda.
All of Us loyihasi 1990-yilda boshlangan birinchi keng qamrovli odam genomi loyihasining o‘rnini egallagan. O‘shanda olimlarning maqsadi odam genomining tuzilishini aniqlash bo‘lgan.
Izoh (0)