Niderlandiyalik olimlar yuz millionlab yevropaliklarda aqli pastlik, Parkinson kasalligi yoki insultni bashorat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, yevropeoid irqidagi har ikkinchi ayolda va har uchinchi erkakda yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklardan biri rivojlanadi.
25 yil davomida o‘tkazilgan tadqiqotda 45 yoshdan katta bo‘lgan 12 ming kishi ishtirok etgan. Shu vaqtda tajriba guruhidan 5291 kishi vafot etgan. Ularning 1489 nafarida aqli pastlik aniqlangan. 1285 kishida esa insult kuzatilgan, 263 kishi Parkinson kasalligi bilan og‘rigan.
Bu kasalliklardan oldin yuqori qon bosimi, baland xolesterin va diabet kuzatilgan. Bunda ayollar ko‘proq aqli zaiflikka moyil bo‘lgan, erkaklar esa nisbatan yoshroq paytda insultga moyillikni ko‘rsatgan.
Izoh (0)