Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 6 nafar vazirni lavozimidan ozod qilish haqidagi qarori kuchga kirganidan so‘ng iste’fo berishini ma’lum qildi. U shu tariqa mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishiga erishmoqchi, deya xabar beradi TJournal.
Pashinyan iste’foga chiqqanidan so‘ng parlamentda bosh vazirni saylashga ikki imkoniyat bo‘ladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz yakunlasa, parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylovlar belgilanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, ular parlament tarqatib yuborilganidan taxminan bir oydan so‘ng o‘tkaziladi.
Pashinyan voqealar aynan shunday rivoj topishiga umid qilmoqda. Uning aytishicha, parlament xalq manfaatlarini ifodalamaydi, shu sababli saylovlar imkon boricha tezroq o‘tkazilishi kerak.
Izoh (0)