Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi bortkuzatuvchisi samolyotdagi yo‘lovchilardan biriga bolasining 5 daqiqadan ko‘proq yig‘layotgani munosabati bilan e’tiroz bildirdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Yo‘lovchi ayolning aytishicha, u o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan Sidneydan San-Fransiskoga uchayotgan edi.
Samolyot havoga ko‘tarilishi bilan ayolning 8 oylik farzandi injiqlik qila boshladi. Besh daqiqadan so‘ng uning yoniga styuardessa kelib, qoidaga ko‘ra kichkina bolalarning besh daqiqadan ko‘p yig‘lashi taqiqlanganini ma’lum qilgan.
Reys yo‘lovchisi bo‘lgan ayol farzandini ovuta olmayotganini aytsa-da, styuardessa o‘z fikrida turib oladi.
Ushbu holat uchun aviakompaniya vakillari va samolyot komandiri ayoldan uzr so‘ragan.
Izoh (0)