Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan korxonalardan birida 3-oktabrga o‘tar kechasi yong‘in yuz berdi. Oqibatda bir nafar erkak halok bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, yong‘in xo‘jalik maqsadlarida ishlatiladigan metall vagonchada yuz bergan. Undan chiqqan alanga yaqinda turgan uchta avtomobilga o‘tgan.
Yong‘inni o‘chirish uchun bir soat kerak bo‘lgan. Olov bilan kurash chog‘ida vagoncha ichidan erkak kishining jasadi topilgan. Yong‘in oqibatida vagoncha to‘liq yonib ketgan, uchta avtomobil qisman zararlangan.
Izoh (0)