Energiya tejash milliy kompaniyasi va “Vneshekonombank” (Rossiya) hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Tomonlar O‘zbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish doirasida strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.
Jumladan, Rossiya banki O‘zbekistonda elektr stansiyalari, nasos stansiyalari modernizatsiyasini ko‘zda tutuvchi qator loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)