• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so‘zladi. Nutq matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Hurmatli Emomali Sharipovich!

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Bugungi uchrashuvimizning barcha ishtirokchilarini samimiy qutlash va Tojikiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Emomali Sharipovich Rahmonga an’anaviy samimiy mehmondo‘stlik va ushbu majlisni yuksak darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilish davrida tojik birodarlarimiz tuzilmamiz doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida samarali ishlarni amalga oshirganini alohida qayd etishni istardim.

    Hurmatli hamkasblar!

    Dunyoda ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlar, tobora avj olib borayotgan global tahdid va xatarlar sharoitida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda va o‘zining zarur tuzilma ekanini tasdiqlamoqda.

    O‘tgan yil mamlakatimizning MDH doirasidagi faoliyatida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berganini alohida qayd etishni muhim deb bilaman.

    O‘zbekiston iqtisodiyot, energetika, ilm-fan va innovatsiya, jinoyatchilikka qarshi kurash kabi sohalarni qamrab olgan o‘ndan ziyod tarmoq bo‘yicha hamkorlikka qo‘shildi.

    Tashkilotimizning 2020-yilda bo‘ladigan navbatdagi Sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Ko‘p tomonlama hamkorligimizning eng dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

    Birinchi. Jahon iqtisodiyotidagi murakkab jarayonlar, “savdo urushlari” keskinlashib, proteksionizm kuchayib borayotgan bugungi sharoitda MDH erkin savdo zonasining to‘laqonli faoliyat yuritishi va o‘zaro bozorlarni shakllantirish hal qiluvchi masalalarga aylanishi lozim.

    Faqat yilning boshidan buyon O‘zbekiston va Hamdo‘stlikning ko‘pchilik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada o‘sdi.

    O‘zaro tovar ayirboshlash hajmining yuqori darajadagi o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalashtirish, savdo sohasidagi mavjud barcha to‘siq va cheklovlar, jumladan, texnik g‘ovlarga barham berish lozim, deb hisoblaymiz.

    Hamdo‘stlik makonida xizmatlar bo‘yicha erkin savdo zonasini tezroq yaratish muhim, deb hisoblaymiz.

    Ikkinchi. O‘zbekiston mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiyani yanada kuchaytirish tarafdoridir.

    Biz bunday hamkorlikni Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlari bilan faol rivojlantirmoqdamiz.

    Qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonda MDH mamlakatlari ishtirokida Moliya-bank forumini o‘tkazishga tayyormiz.

    Uchinchi. Tariflar bo‘yicha o‘zaro imtiyozlar berishga doir yagona mexanizmni joriy etgan holda, xalqaro va mintaqaviy transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, barcha turdagi transportlar bilan yuk tashishga oid talablarni birxillashtirish va turli to‘siqlarni bartaraf etish, logistika markazlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish muhimdir.

    To‘rtinchi. Bizning fikrimizcha, o‘zaro mahsulot yetkazib berishda “yashil yo‘laklar”ni keng joriy etish qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali hamkorlikka xizmat qiladi.

    MDHning Agrosanoat kompleksi masalalari bo‘yicha kengashi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa tuzilmalari faoliyatini faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

    Beshinchi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda, MDH doirasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va qabul qilishni ma’qullaymiz.

    Shu tariqa sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalari, moliya sektorida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, aholi va biznes subyektlarining qulay elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirgan bo‘lar edik.

    Oltinchi. Hududlararo va chegaralarga yaqin mintaqalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.

    O‘zbekistonda 2020-yilda MDH mintaqalari forumini o‘tkazishni taklif etamiz.

    Yettinchi. Fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabamizning 75 yilligini keng nishonlash bo‘yicha birgalikda tadbirlar o‘tkazishga ustuvor e’tibor qaratamiz.

    Bu masala 2020-yilda O‘zbekistonning MDHga raisligi konsepsiyasida alohida aks ettiriladi.

    Sakkizinchi. Xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelayotgan tahdidlarga o‘z vaqtida javob qaytarish mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyotining hal qiluvchi shartidir.

    Afg‘onistonda hanuz davom etayotgan qurolli mojaro Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning aksariyati uchun umumiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

    MDH Afg‘oniston muammosini siyosiy yo‘l bilan tezroq hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda muhim rol o‘ynashga qodir.

    Xalqaro terrorizm xavfining tobora ortib borayotgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

    Bugungi terrorchilik tuzilmalari katta moliyaviy resurslarga, eng yangi axborot va texnika vositalariga ega, yuqori darajada harakatchan va tezkordir.

    Hozirgi paytda ularning Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga, MDH chegaralari yaqiniga ko‘chib o‘tish tendensiyasi kuchaymoqda.

    Mamlakatlarimiz terrorizm xavfini o‘z vaqtida va samarali qaytarish uchun o‘zaro kelishilgan, avvalo, oldindan zarba berishga qaratilgan harakatlarga tayyor turishi lozim.

    MDH makonida yuzaga kelayotgan xavfsizlikka qarshi tahdidlarning o‘z vaqtida oldini olish uchun tahliliy va tezkor axborot bilan muntazam almashishning amaldagi mexanizmlari doirasida samarali hamkorlikni ta’minlagan holda huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhim, deb hisoblaymiz.

    Yoshlar o‘rtasida radikallashuv muammosi e’tiborimiz markazida bo‘lib qolishi lozim. Shu munosabat bilan ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat, yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi hamkorlikni kengaytirish zarur.

    O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlarning Yoshlar masalalari kengashi faoliyatiga qo‘shilmoqda va uning faoliyatida faol ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

    To‘qqizinchi. Madaniy-gumanitar aloqalar va ma’naviy qadriyatlar Hamdo‘stlik mamlakatlarini hamisha birlashtirib kelayotgan kuchdir.

    Aynan shuning uchun ham biz har yili mamlakatlarimizda navbati bilan turizm yarmarkalari va MDH madaniyati kunlarini, Hamdo‘stlikning ijodkor yoshlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlarni, ularning har birini muayyan mavzuga bag‘ishlagan holda tashkil etishni, shuningdek, MDH Davlatlari madaniy merosi Virtual muzeyini yaratishni taklif etamiz.

    Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari!

    So‘zimning yakunida turkmanistonlik do‘stlarimizni Hamdo‘stlikka raislikni qabul qilgani bilan tabriklash va ularga katta muvaffaqiyatlar tilashga ijozat bergaysiz.

    Muhtaram Emomali Sharipovich Rahmonga samimiy qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    29.09.2018, 09:16   Izoh (0)   27913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parijda Top RESA-2018 ko‘rgazmasiga start berildi. Unda O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

    29.09.2018, 09:01

    Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning murabbiylari taqdirlandi

    29.09.2018, 08:23

    Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi O‘zbekistondagi mahalla tajribasini dunyoga olib chiqishni taklif qildi

    28.09.2018, 23:08

    Toshkentda 3—5-oktabr kunlari Plastex Uzbekistan an’anaviy xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

    28.09.2018, 23:01

    Sergelida qurilayotgan arzon uy-joydan olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

    28.09.2018, 22:14

    Sirdaryoda “O‘tovlar shaharchasi” barpo etildi

    28.09.2018, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Serbiya o‘zining xorijdagi barcha oltin zaxiralarini mamlakatga qaytaradi

    Dunyo | 28 iyul, 14:00

    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

    Reklama | 28 iyul, 13:30

    “Manchester Yunayted” va “Vest Hem” jamoalari o‘rtasidagi bahsda muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

    Sport | 28 iyul, 13:50

    Kulgi — eng yaxshi davo: og‘ir kasallik bilan yashash va matonat haqidagi 5 ta film

    Kino | 28 iyul, 13:34

    “Janub bilan muloqotga qiziqmaymiz” — Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Janubiy Koreya bilan yarashish ehtimollarini rad etdi

    Dunyo | 28 iyul, 13:26

    “O‘zgidromet” 29-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 13:10

    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

    Reklama | 28 iyul, 12:00

    Toshkent yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha ishlamaydi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 12:56

    Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning turmush o‘rtog‘i YTHga uchradi

    Sport | 28 iyul, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.