Yaponiyaning “Konotori-7” yuk kemasi 27-sentabr kuni Xalqaro kosmik stansiyaga besh tonnali yukni yetkazib berdi. Yuklar stansiyada hayotni ta’minlash va ilmiy ishlar olib borish uchun zarur. Kemaning stansiyaga qo‘shilish jarayoni Yaponiyaning JAXA aerokosmilk agentligi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Uchuvchisiz yuk kemasi 23-sentabr kuni Yaponiyaning Kagosima prefekturasidagi Tanegasima kosmodromidan uchirilgan. U XKS ga stansiyada o‘tkazilayotgan tajribalarning namunalarini Yerga sinov tariqasida yuborish uchun mo‘ljallangan kapsulani olib chiqqan.
Shuningdek, “Konotori-7” stansiyaga kosmik lift yaratish bo‘yicha tajribalar uchun ikkita STARS-Me mikroyo‘ldoshini yetkazgan.
Izoh (0)