Norvegiya 27-sentabr kuni o‘zi to‘laligicha ishlab chiqqan birinchi raketaning parvozini amalga oshirdi. Raketaning narxi taxminan 10,5 million yevroga teng. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
To‘laligicha Norvegiyada yaratilgan va ishlab chiqarilgan birinchi raketa Andoyya kosmik markazidan kosmosga uchirilgan. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Raketaga Norvegiyaning Nammo kompaniyasi tomonidan yaratilgan dvigatel o‘rnatilgan. Avval barcha raketalarga xorijda ishlab chiqarilgan dvigatellar o‘rnatilar edi.
Raketa dengiz ustida 107 kilometr uchgan va atmosfera hamda kosmik bo‘shliq chegarasini kesib o‘tgan.
Raketaning og‘irligi 800 kilogrammga, uzunligi esa 9 metrga teng, biroq u juda kichik o‘lchamlari sababli orbitada qola olmaydi. Raketaning xavfsiz ravishda dengizga qulashi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)