Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

MINERVA-II1 roverlar juftligi Yerga Ryugyu asteroidi yuzasidan yangi suratlarni, shuningdek, qisqa videoni jo‘natdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Roverlar yuzasidagi o‘ziga xos “qisqichlar” birdaniga uchta vazifani bajaradi. Ular sakrash vaqtida asteroid yuzasiga mustahkam o‘rnashishga yordam beradi, quyosh batareyalarini zararlanishdan asraydi va ularda harorat datchiklari o‘rnatilgan.

“Xayabus-2” avtomatik stansiyasi kosmosga 2014-yilning dekabr oyida Ryugyu asteroidini o‘rganish va undan namunalar yig‘ish uchun uchirilgan. Olimlarning umid qilishicha, u Yerga Quyosh tizimi birlamchi materiyasining dastlabki toza namunalarini olib keladi.

Yapon apparati manzilga joriy yilning iyun oyi boshida yetib borgan va uzoq davom etadigan tormozlanish va asteroidga yaqinlashish jarayonini boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)