NASA Oy atrofidagi Gateway xalqaro stansiya loyihasidagi o‘zining yetakchilik roli haqida ma’lum qilmoqda, deb xabar qildi “RIA Novosti”.
Avvalroq Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin mazkur loyihada Rossiyaning ikkinchi darajali roli uni qoniqtirmasligini ta’kidlagan va BRIKS mamlakatlarini jalb qilgan holda o‘z loyihasini yaratishni taklif qilgandi.
NASA tomonidan ma’lum qilinishicha, Gateway ko‘p millatli harakatlar bilan NASA rahbarligi ostida yaratiladi va ayni paytda boshqa kosmik agentliklarning, xususan, XKS bo‘yicha sheriklarning ehtimoliy hissasi yuzasidan muhokamalar davom etmoqda.
Izoh (0)