O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan 22-sentabr kuni Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasida “O‘zbekiston sovg‘alari” – birinchi respublika ko‘rgazma savdosi ish boshladi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Ko‘rgazmada 100 dan ortiq hunarmandlar ishlagan buyumlarni nafaqat tomosha qilish, balki xarid qilish ham mumkin.
Ushbu tadbir O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Madaniyat, Xalq ta‘limi, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi kabi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Izoh (0)