Islom dunyosining mashhur olimi shayx Muhammad Avvomaning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda, deb xabar beradi “Islom.uz”.
Samarqanddagi safardan so‘ng, shayx boshchiligidagi ziyoratchilar guruhi Buxoroi sharifga qarab yo‘l oldi. Ma’lumki, Buxoroni moviy gumbazli Kalon masjidi va uning minorasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
“Dastavval shayx hazrat dunyoga mashhur Islom olamining ulug‘ muhaddislaridan Imom al-Buxoriyning ustozlari, buyuk alloma Abul Fazl Bakr ibn Muhammad Zarangariy qabrini ziyorat qildi, Chor Bakr jome masjidida juma namozini ado etganidan keyin mehmonlar va mahalliy qatnashchilarga suhbat o‘tkazdi. So‘ng ko‘hna Buxoro shahrida qad rostlab turgan, dunyoga dong‘i ketgan Minorai Kalonga tashrif buyurdi. Shu asnoda mehmonlar ushbu minoraning shundoqqina biqinida joylashgan Masjidi Kalonga ham kirdi. Bir paytlar aynan mana shu joyda, hali Masjidi Kalon barpo bo‘lmasidan avval, Imom al-Buxoriy rohimahulloh hadis ilmidan ma’ruzalar qilgan ekan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)