Futbol bo‘yicha “Manchester Siti” jamoasi 2017/18-yilgi mavsum yakuni bo‘yicha hisobotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, klub o‘tgan mavsumda rekord darajada daromad — 500, 5 million funt sterlingga ega bo‘lgan. Bu esa Angliya premyer-ligasida faqatgina “Manchester Yunayted”nikidan kam deganidir. Shundan sof foyda 10,4 million yevroni tashkil etgan. Ish haqining daromadga nisbati esa 52% ni tashkil etgan. O‘z o‘rnida xodimlar soni uchdan bir qismga ko‘payganiga qaramay, ish haqi uchun xarajatlar 4,5 million funtga qisqargan.
“Siti”ning Chempionlar Ligasidagi daromadi esa 6 million funtga o‘sgan. Klub ijrochi direktori Ferrano Sorianoning so‘zlariga ko‘ra, jamoaning yevroarenadagi natijalarini yaxshilash ayni damda ustuvor vazifa bo‘lib turibdi.
Izoh (0)