FIFA tashkiloti ijaraga beriladigan o‘yinchilar sonini cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Xalqaro futbol tashkilotidagilar fikricha, klublar maksimum 8 nafargacha bo‘lgan futbolchilarini ijaraga berishi mumkin. Shulardan bitta klubga ijaraga yuboriladigan o‘yinchilar soni 3-4 nafardan oshmasligi darkor.
Bunda faqat klublarning 21 yoshgacha bo‘lgan ist’edodli tarbiyalanuvchilari istisno qilinadi.
Agar mazkur qoida kuchga kiradigan bo‘lsa, “Chelsi” va “Yuventus”ga qattiq ta’sir qilishi mumkin. Boisi “Chelsi” 40, “Yuve” esa mavsum avvalida 26 nafar futbolchisini ijaraga berib yuborgan.
Izoh (0)