Londonning “Chelsi” klubining braziliyalik himoyachisi David Luiz jamoaning yangi ustozi Mauritsio Sarrining hayot falsafasi va futbolga bo‘lgan munosabati unga ma’qul kelayotgani haqida so‘zladi.
“Avvalosi, Sarri – ajoyib inson. O‘ylashimcha, uning hayot falsafasi aqlbovar qilmas darajada ajoyib, chunki u har kunidan rohat olishga harakat qiladi. U baxtli bo‘lishni istaydi. Shu bois ham Sarri hayotida yangi sahifa ochishni xohlab, “Chelsi”ni qo‘liga oldi. Hayotda muhimi esa o‘zing qilayotgan ishni yoqtirish. Men uning falsafasiga ishonaman. Bundan tashqari, u ajoyib murabbiy. Sarri kichik detallar ustida ham ishlashni yoqtiradi. Unga intensiv hujumkor futbol yoqadi. U har hafta ma’lum raqibga to‘g‘ri keladigan yangi o‘yin rejasini batafsil tuzib oladi. Bu esa hozirda ajoyib tarzda o‘z samarisini berib turibdi”, — deydi Luiz.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” Angliya premyer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida “Kardiff Siti”ni qabul qiladi. Uchrashuv 15-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)