Toshkentda ijtimoiy tarmoqda xotinining nomidan akkaunt ochib, uni tahqirlovchi ma’lumotni joylashtirgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Ichki ishlar idoralariga Nigora R. murojaat qilib, o‘zaro janjaldan so‘ng uning nomiga ijtimoiy tarmoqda sahifa ochgan va u yerda sha’ni, qadr-qimmatini tahqirlovchi ma’lumotni joylashtirgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Mazkur holat yuzasidan 35 yoshli Ahror B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqoratlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)