5-sentabr kuni Shimoliy Irlandiyadagi Lox-Ney ko‘lidan baliqchi ulkan shoxli bug‘uning bosh suyagini tutib oldi, deb yozadi TJournal. Topilmani o‘rganib chiqqan olimlar u 10 ming yil avval qirilib ketgan bug‘ular turiga mansub bo‘lganini aniqladi.
Irland bug‘ulari (yoki kattashoxli bug‘ular) — Yer yuzida yashagan bug‘ularning eng yirigi. Paleontologlar ma’lum qilishicha, ularning qirilib ketishi aynan ulkan shoxlari bilan bog‘liq: o‘rmon qalinlashib borgani sari, jonivorlar katta shox bilan harakatlanishga qiynala boshlagan.
2014-yilda o‘sha ko‘ldan irland bug‘usining pastki jag‘ini topishgan edi — olimlar ikkala topilma ham bitta hayvonga tegishli deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)