1995-yilda “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgan Chelsi Smit uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi, deb yozadi The Mirror.
Uning oilasi vakili ma’lum qilishicha, ayolning o‘limiga 2017-yil bahorida aniqlangan jigar saratoni sababchi bo‘lgan. U 8-sentabr kuni Pensilvaniya shtatida onasining uyida hayotdan ko‘z yumgan.
Smit go‘zallik tanlovida birinchi marta 1994-yilda qatnashgan. O‘shanda u Galveston okrugidagi eng chiroyli qiz nomini qo‘lga kiritgan. U keyingi bosqichlardan ham o‘tib, Texas shtati go‘zaliga, so‘ng esa “AQSh go‘zali” tanlovida butun Amerika go‘zaliga aylangan.
Qarindoshlarining aytishicha, Smit Amerika ichida uchta tanlovning barchasida g‘olib bo‘lgan yagona mulat qiz bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)