Fransiya poytaxti Parij shahridagi Ritz mehmonxonasidan Saudiya Arabistoni malikasining 800 ming yevrolik qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlab ketildi. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash brigadasi hodisani o‘rganmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, o‘g‘rilik 7-sentabr kuni yuz bergan. Malika qimmatbaho buyumlarni mehmonxona xonasidagi seyfda saqlamagani ta’kidlanmoqda. Xonaga buzib kirishning hech qanday izi aniqlanmagan.
Izoh (0)