Finlyandiyaning Inari shahrida 17—19-sentabr kunlari Arktika muammolari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda shimoliy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Rossiya, Yevroparlament, mintaqadagi tub xalqlar tashkilotlari, shuningdek Arktika kengashining kuzatuvchi mamlakatlari bo‘lgan Xitoy va Singapur vakillari ishtirok etadi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Finlyandiya parlamenti deputati Katri Kulmunining so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv uning mamlakatiga Arktika uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishga imkon beradi.
Konferensiya mavzulariodan biri iqlim o‘zgarishi hisoblanadi. Xususan, energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Izoh (0)