O‘zbekistondagi Facebook foydalanuvchilari bir haftadan buyon ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelmoqda. “Gazeta.uz” ushbu masala yuzasidan “O‘zbektelekom” kompaniyasiga murojaat qilib, vaziyatga oydinlik kiritishga urindi.
“‘O‘zbektelekom’ tomonidan hech qanday muammo yo‘q, hamma narsa shtat rejimida ishlamoqda. Kompaniyaning Facebook’ka kirish bilan bog‘liq muammolarga aloqasi yo‘q”, — deb javob bergan kompaniya matbuot xizmati xodimlari.
O‘zbekistonda Facebook’ka kirishda muammolar boshlangach, VPN-ilovalar ommaviyligi keskin oshdi.
Izoh (0)