Namangan tumanida yashovchi shaxs “Sho‘rqo‘rg‘on” qabristonida 86 ta qabrtoshni vayron qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Sevimli TV telekanalining Zamon dasturida so‘z boradi.
Abdulboriy Erashev jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi majlisida nima uchun bu ishga qo‘l urganini tushuntirib bera olmadi. U o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi.
Sud Abdulboriy Erashev O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 134-moddasida (qabr yoki murdani tahqirlash) ko‘zda tutilgan jinoyatni amalga oshirgan deb topdi. U 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh (0)