O‘zbekistonda maktablarda ijaraga berilgan darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar ijaraga oluvchilar tomonidan yo‘qotilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirib qo‘yilgan taqdirda, zararning o‘rni ular tomonidan xuddi shunday darsliklar bilan qoplanadi yoki ularning qiymati belgilangan miqdorlarda to‘lanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Bu quyidagicha:
- birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
- 2—4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
- yuqori sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.
Izoh (0)