O‘zbekistonda mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi. App Anniye ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.
Jumladan, mamlakatda iOS uchun eng ko‘p yuklab olingan dastur 5 kun ichida reytingda 258-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarilgan va Telegram’ni quvib o‘tgan VPN Proxy Master bo‘ldi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar deyarli 1000 qatorga ilgarilagan va 12-o‘rindan joy egallagan Best VPN Proxy Betternet, shuningdek, VPN 24: Hotspot VPN for iPhone dasturini ham faol yuklab olmoqda.
Google Play’da esa Protect Free VPN+Data Manager dasturini yuklab olish ko‘paygani qayd etilgan.
O‘zbekistonda VPN’ga qiziqish oshgani 3-sentabrdan boshlangan Facebook va boshqa saytlarga kirishdagi muammolar bilan izohlanmoqda.