• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: San’atni, madaniyatni ko‘tarmoqchi bo‘lsak, avvalo, mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz kerak

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda Xalqaro maqom san’ati anjumani ochilishida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Nutq matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muhtaram xalqaro anjuman ishtirokchilari!

    Qadrli do‘stlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Bugun bag‘rikeng, mehmondo‘st, san’atsevar o‘zbek diyorida katta bayram, katta shodiyona.

    Jonajon Vatanimizning go‘zal va betakror maskanlaridan biriShahrisabz zaminida, buyuk Amir Temur bobomiz bunyod etgan muazzam Oqsaroy maydonida Xalqaro maqom san’ati anjumani tantanali ravishda ochilmoqda. Shu munosabat bilan siz, azizlarni, o‘z hayotini noyob musiqa durdonasi bo‘lmish maqom san’atiga bag‘ishlagan fidoyi insonlarni chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan yuqori martabali mehmonlarimiz YUNЕSKO, Osiyo folklor ijodiyoti tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar vakillariga alohida minnatdorlik bildiramiz.

    Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi Vladimir Ilich Tolstoyga, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanbay Rayevga, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Arstanbek Muhammed o‘g‘liga, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin O‘rumbekzodaga, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Abulfas Garayevga, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmat Xaluk Dursunga o‘z tashakkurlarimizni bildiramiz. Ularning yurtlarida ham mana shunday san’at bayramlari ko‘p bo‘lsin va ularda qatnashish bizga ham nasib etsin.

    Yana bir qator davlatlarning madaniyat sohasi rahbarlarini, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi muhtaram elchilarini samimiy qutlab, chuqur minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.

    Biz sizlarning timsolingizda tinchlik va ezgulik namoyandalarini, xalqimiz va madaniyatimizning haqiqiy do‘stlarini ko‘ramiz.

    Xush kelibsiz O‘zbekistonga, xush kelibsiz Shahrisabzga!

    Hurmatli anjuman qatnashchilari!

    Mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchilar va mehmonlar qatnashmoqda. Ularning orasida nafaqat o‘z yurtida, balki jahon miqyosida ham mashhur xonanda va sozandalar,madaniyat va san’at arboblari,musiqashunos olimlar borligi barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Bugun Shahrisabzning moviy gumbazlari ostida jahondagi ko‘plab xalqlar va mamlakatlarning musiqiy xazinasiga aylangan, o‘zining teran falsafasi, ilohiy qudrati bilan ming-minglab qalblarni maftun etadigan maqom sadolari baralla yangramoqda.

    Haqiqatan ham, biz uchun bebaho badiiy qomus bo‘lgan maqom san’ati asrlar, necha yuz yillar davomida inson ruhini, uning dardu armonlarini, ezgu intilishlarini yuksak pardalarda ifoda etib kelmoqda.

    Sharq mumtoz adabiyoti, tasviriy san’ati, ilmu ma’rifat, islomiy qadriyatlardan oziqlangan maqom san’atiga – ana shunday buyuk madaniy meros rivojiga o‘zbek xalqi ham munosib hissa qo‘shgani bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.

    Bu noyob boylikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit’a va mamlakatlar vakillarini bu go‘zal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir.

    Qadrli do‘stlar!

    Bugungi san’at forumini aynan Shahrisabz shahrida tashkil etganimiz bejiz emas, albatta.

    Bu shahar o‘zining 2700 yillik ko‘hna tarixi davomida og‘ir va mashaqqatli sinovlarni, tahlikali zamonlarni o‘z boshidan kechirdi. Ammo har qanday murakkab davrlar, urush va bosqinlar, tabiiy ofatlar ham uni tarix sahifasidan o‘chira olmadi.

    Shahrisabz buyuk sarkarda va davlat arbobi, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur bobomiz kamolga yetgan mo‘’tabar maskan sifatida ham dunyoga ma’lum va mashhurdir.

    Bu shahar qadim-qadimdan ulug‘ alloma va shoirlari, san’at va madaniyat ahli, qo‘li gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan shuhrat qozonib keladi. Uning bag‘ridagi noyob me’moriy obidalar, nodir yodgorliklar bu haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi.

    Bugungi kunda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, fidokorona mehnati bilan Shahrisabz yurtimizning eng obod maskanlaridan biriga, zamonaviy madaniyat va turizm markaziga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

    Muhtaram mehmonlar!

    Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston zamini qadimiy sivilizatsiya, madaniyat va san’at beshiklaridan biri bo‘lib kelayotgani, o‘ylaymanki, sizlarga yaxshi ma’lum.

    Samarqand viloyatining Mo‘minobod qishlog‘idan topilgan 3 ming yillik nay cholg‘usi, Termiz yaqinidagi Ayritom arxeologik yodgorligida aks etgan sozandalar tasviri va boshqa ko‘plab misollar milliy musiqa san’atimiz, hech shubhasiz, boy va qadimiy tarixga ega ekanidan dalolat beradi.

    Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning aynan “navo”, ya’ni, musiqiy ohang, degan so‘zni o‘zlariga taxallus qilib, butun dunyoda shuhrat topganini barchamiz yaxshi bilamiz.

    Xalqimiz badiiy tafakkurining mahsuli bo‘lgan “Shashmaqom”, ya’ni, olti maqomni, ta’bir joiz bo‘lsa, olti azim daryoga qiyoslash mumkin. Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib, uni har tomonlama to‘ldirib, boyitib kelmoqda. Shuning uchun ham bu muazzam musiqiy durdona YUNЕSKO tomonidan jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani chuqur ma’no va ahamiyatga ega, deb o‘ylayman.

    Azaldan san’atni, musiqani butun qalbi bilan sevadigan, ijod ahlini munosib qadrlaydigan el-yurtimiz bugungi anjumanni katta quvonch va hayajon bilan kutib olmoqda.

    Bugun biz ana shunday ulkan ma’naviy boylikning shakllanishi va taraqqiyotida, bu umrboqiy san’atning bizgacha yetib kelishida beqiyos xizmat ko‘rsatganulug‘ shoir va mutafakkirlar, bastakor va sozandalar, buyuk hofizlarning xotirasini hurmat-ehtirom bilan yod etamiz.

    Aziz do‘stlar!

    Bugungi zamonda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirish, yoshlarni yuksak gumanistik ideallar ruhida tarbiyalashda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, o‘rganmoqchi bo‘lsak, avvalo, mumtoz maqom san’atini bilishimiz, o‘rganishimiz kerak.

    Agar biz san’atni, madaniyatni ko‘tarmoqchi bo‘lsak, avvalo, mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz kerak.

    Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.

    Maqom san’atining madaniy hayotimizdagi ana shunday beqiyos ta’sirini inobatga olib, mamlakatimizda bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Albatta, sizlar anjuman kunlarida hamkasb do‘stlaringiz, san’at muxlislari bilan muloqotda bo‘lib, ana shunday ishlar bilan atroflicha tanishish imkoniga ega bo‘lasizlar.

    O‘ylaymanki, bugungi anjuman oldimizda turgan muhim nazariy-amaliy muammolarni atroflicha muhokama qilish, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet imkoniyatlaridan keng foydalanish, turli madaniy va ijodiy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro bordi-keldilarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi ayni muddao bo‘lur edi.

    Shu ma’noda, anjuman doirasida o‘tkaziladigan “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bu yo‘lda muhim qadam bo‘lishi tabiiy.

    Fursatdan foydalanib, bugungi san’at va nafosat bayramini yuksak saviyada o‘tkazish uchun o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilgan barcha insonlarga, mehmondo‘st va olijanob Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz ahliga anjuman ishtirokchilari nomidan, xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz.

    Muhtaram do‘stlar!

    Aziz mehmonlar!

    Sizlarning bevosita ishtirokingizda boshlanayotgan bugungi xalqaro anjuman bardavom bo‘lib, uzoq va yaqin mintaqalarda maqom san’ati rivojini yangi bosqichga ko‘tarish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman.

    Barchangizni xalqaro maqom anjumanining ochilishi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

    Dillarni dillarga, ellarni ellarga payvand etadigan maqom san’atimiz hamisha gullab-yashnasin!

    Uning fidoyilari doimo bor bo‘lsin, omon bo‘lsin!

    Barchangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda yangi ijodiy yutuqlar, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tilayman.

    Katta rahmat sizlarga, yana bir bor xush kelibsiz O‘zbekistonga!

    E’tiboringiz uchun tashakkur.

    07.09.2018, 08:30   Izoh (0)   13552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Vaqf” fondi Tahfizul-Qur’on kafedrasining barcha talabalariga Qur’oni karim tuhfa qildi

    07.09.2018, 08:17

    Toshkentda Shahrisabz kulolchilik maktabi ko‘rgazmasi ochildi

    07.09.2018, 07:17

    “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

    06.09.2018, 23:08

    O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

    06.09.2018, 22:43

    Andijonda chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxona ish boshladi

    06.09.2018, 22:21

    Toshkent ilk bor “O‘zbekiston suvenirlari” ko‘rgazma-yarmakasi o‘tkaziladi

    06.09.2018, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.