Namanganda shu nomdagi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, erkin iqtisodiy zona viloyatning Chust tumani hududida tashkil etiladi.
Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan iborat bo‘lgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tuziladi. Korxona Chust shahri, Charog‘on ko‘chasidagi manzilga joylashtiriladi.
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalar, xususan, xorijiy sarmoyalar oqimini yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirishdan iborat. Buning uchun EIZ rezidentlariga qator imtiyoz va yengilliklar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan shahrida “Orzu” kichik sanoat zonasi faoliyati boshlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)