Kolumbiya sobiq prezidenti, hozirda senator bo‘lgan Alvaro Uribe qo‘shni Venesuelada vaziyatni normallashtirish uchun bu mamlakatga “bostirib kirish” zarurligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Venesuela muammosini yechish uchun harbiy kuch qo‘llash tarafdori emasligini aytib, Karakas marralariga “diplomatik hujum”ni taklif qilgan edi.
“Shu aytmoqchimanki, Duke taklif qilgan shartlar bilan bostirib kirish Venesueladagi fojiani to‘xtatardi, bu diktatura yengilardi, qardosh mamlakat esa qayta tiklanishni boshlardi”, — dedi Uriba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlar ishalriga aralashmaslik tamoyili ushbu holatda “nomaqbul bahona” ekanligini, chunki Amerikalararo demokratik xartiyaga muvofiq barcha mamlakatlar majburiyatlari ustun kelishi kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)