Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Orlovka qishlog‘ida yerga ishlov berish chog‘ida Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli aviabomba topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Rossiya FVV tomonidan xabar berilishicha, bu mazkur hududda 2018-yilda topilgan 15-aviabomba hisoblanadi. Uni zararsizlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)