Yaponiyaning Xokkaydo orolida yuz bergan zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Sugaga tayanib.
Bundan tashqari, 125 kishi jabrlangan, 39 kishi bedarak yo‘qolgan.
Shuningdek, orolning katta qismi elektr energiyasisiz qoldi. 2,95 millionta uyda chiroq o‘chdi. Suganing aytishicha, elektr stansiyalarida uskunalar ishdan chiqqani sababli qayta tiklash qachon yakunlanishi noma’lum.
Yaponiya shimolida 6,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila epitsentri Sapporo aholi punktidan 67 km janubi-sharqda 39 km chuqurlikda joylashdi. Avvalroq Xokkaydo orolidagi “Tomari” AES tashqi quvvatdan uzilib qolgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)