• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulnoza Said: Ideal demokratik davlatda hukumatning jurnalistlar bilan ishi bo‘lmasligi kerak (video)

    O‘zbekistonda matbuot erkinligi, OAV sohasida o‘zgarishlar ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Ammo bu yo‘lda o‘nqir-cho‘nqirliklarga ham duch kelinmoqda. Oxirgi voqealardan biri — Nikita Makarenko voqeasidan ko‘pchilik xabardor bo‘lsa kerak.

    Yaqinda bir guruh o‘zbekistonlik OAV xodimlarida jurnalistlarning haq-huquqlarini himoya qilish, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasida jahon tajribasini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. “Daryo”, “Kun.uz” va “Xabar.uz” jurnalistlari ijodiy safar bilan AQShda bo‘lganida Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha eksperti Gulnoza Said bilan aynan shu mavzuda suhbat uyushtirdi. Intervyuda jahon miqyosida jurnalistlarni himoya qilish amaliyoti haqida so‘z bordi, O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ekspert bahosi berildi, shuningdek, bu borada o‘zbek jamiyati va hukumati oldida turgan ishlar muhokama qilindi.

    - Uchrashganimizdan juda xursandmiz. Tashkilotning faoliyati haqida bilmoqchi edik. Sizlarning faoliyat doirangiz qanaqa, prinsiplaring qanaqa?

    - Avvalambor Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga, qolaversa, Nyu-York shahriga xush kelibsiz. Bizning tashkilot 1981-yildan beri faoliyat yuritadi. Nomidan aniqki, biz butun dunyo bo‘ylab jurnalistlarni himoya qilamiz. Mening soham — Yevropa va Markaziy Osiyo, ya’ni sobiq sovet respublikalari; Turkiya ham mana shu mintaqaga kiradi.

    Gulnoza Said. Foto: “Daryo”

    Gulnoza Said. Foto: “Daryo”

    Qizig‘i shundaki, O‘zbekistondan jurnalistlar ko‘pam kelavermaydi. To‘g‘risi, oxirgi marta o‘zbekistonlik jurnalistlar qachon kelgani yodimda yo‘q. Aynan shu sababdan sizlarning bu yerga kelishingiz va men bilan suhbat qilishingiz yanada quvonarli holat. Yana bir bor xush kelibsiz. Faqat meni gapirtirmasangizda, sizdan ham ma’lumot olsam juda yaxshi bo‘lardi. Bunday imkoniyatlar bundan keyin yanada ko‘payaveradi degan umiddaman. Chunki O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda matbuot erkinligi borasida, jurnalistlar faoliyati borasida muayyan o‘zgarishlar bor. Va juda ko‘plari quvonarli.

    Biz nohukumat notijorat tashkilotmiz va o‘zimizning mustaqilligimizni saqlab qolish uchun, xolisligimizni saqlab qolish uchun hech qaysi hukumatdan bir tiyin mablag‘ olmaymiz. Hatto u yoki bu hukumat konferensiya o‘tkazsa va bizni taklif qilsa, chipta bo‘ladimi yoki mehmonxona uchun to‘lovlar bo‘ladimi, hammasini o‘zimiz amalga oshiramiz.

    Afsuski, ayrimlar Nyu-Yorkda joylashganimizni bilib, bizni Amerika tashkiloti deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, Amerikada joylashganmiz, 1981-yilda tashkilotimizga asos solingan. Tashkilotimizga asos solinishiga Lotin Amerikasidan bir jurnalistning ahvoli sababchi bo‘lgan. O‘shanda bir guruh amerikalik jurnalistlar, New York Times va boshqa nufuzli ommaviy axborot vositalaridan jurnalistlar hamkasbiga yordam bermoqchi bo‘lib tashkilotni tuzgan. Nomimizga qarasangiz ham, tashkilot deyilmaymiz, qo‘mita deyilamiz, vaholanki, strukturamizga qarasangiz, tashkilotmiz.

    Faoliyatimizga shuncha yil bo‘lgan bo‘lsa, xususiy korporatsiyalardan yoki jismoniy shaxslardan, xayriya sifatida bizga mablag‘ ajratganlarning homiyligi hisobidan faoliyat yuritamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    - Yirik korporatsiyalar ham homiylik qiladi, xayriya puli ajratadi dedingiz. Bilamizki, ba’zi bir yirik kompaniyalarning jurnalistlar bilan muammosi bor. Shu turdagi kompaniyalar ham sizga homiylik qilsa, keyinchalik xolisligingizga ta’sir qilmaydimi?

    - Bular biznes korporatsiyalari emas, kompaniyalar yoki jamg‘armalardir. Bilsangiz, AQSh va ko‘plab boshqa G‘arb davlatlari qonunchiligida xayriyaga pul ajratilsa, tashkilot soliqlari kamayishi mumkin. Ayni paytda tashkilot ajratgan mablag‘i ustidan nazoratga ega bo‘lmaydi, ya’ni unga ta’sir qila olmaydi. Bizga birov pul bersa, u pul nimaga ketyapti, deb so‘rab-surishtirmaydi, uni emas, buni yoritinglar, u tarzdamas, mana bu tarzda yoritinglar deyishga haqqi yo‘q. Qonunchilik shunday ishlaydi.

    - Xalqaro miqyosda faoliyat yuritasizlar. Lekin xalqaro miqyos juda katta hajmdagi ishni talab qiladi. Butun dunyoni qamrab olish uchun qanday vositalardan, mexanizmlardan foydalanasizlar? Monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilganmi, yoki jurnalistlarni dunyo miqyosida himoya qilish uchun qanaqa qurollaring bor?

    - Mana mening kasbim jurnalist, jurnalist sifatida ko‘p yillar davomida faoliyat yuritganman. Bizning tashkilotda ishlaydiganlar, lavozimi menga o‘xshab tadqiqotchi bo‘lsayam, aksariyat jurnalist, jurnalistikadan kirib kelgan, eng yuqori boshlig‘imizdan boshlab oddiy ishchilargacha. Va biz o‘z faoliyatimizda jurnalistika metodlaridan foydalangan holda jurnalistlarni himoya qilamiz.

    Birinchidan, Nyu-Yorkda jamoamiz bor, eng katta jamoamiz aynan Nyu-Yorkda. Vashingtonda jamoamiz bor. Bryusselda ham bor, u Yevropa Ittifoqi institutlari bilan ishlaydi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarda o‘z muxbirlarimiz bor. Muxbirlar o‘sha mamlakatlardagi vaziyatni o‘rganib, bizga xabar yuboradi. Biz bu xabarlarni o‘rganganda ham jurnalistika tamoyillariga rioya qilamiz. Masalan, kamida ikki bir-biridan mustaqil manbaga tayangan holda u yoki bu holatni yoritamiz.

    Bugun, aytaylik, hozirgina sizlar bilan uchrashishdan oldin Belarusga oid bayonot chiqardik. Chunki Belarusda huquq-tartibot organlari bir necha gazeta-jurnallar tahririyatlariga borgan, tintuv o‘tkazgan, kecha va bugun kamida 17 jurnalist hibsga olingan. Hozirgi paytda yetti jurnalist haliyam hibsda. Kiyevda o‘rnashgan muxbirimiz Belarusniyam yoritadi. Uning bizga xabar berishicha, bu ishlar bevosita jurnalistika bilan bog‘liq. Shuning uchun bugun biz protest sifatida bayonot chiqardik. Ammo shunda ham Belarus rasmiylariga, hukumatiga murojaat qilamiz, sabablarini so‘raymiz. Hukumatlar esa har xil bo‘ladi. Ba’zilari javob beradi, ba’zilari javob bermaydi. Lekin biz matbuotdanam ma’lumot qidiramiz. Misol uchun, bugungi bayonotimizga Belarus tashqi ishlar vazirligining bayonotini ham kiritdik. Bu reydlar ortida hech qanday siyosiy sabablar yo‘q, degan ma’noda bir bayonot chiqarilgan ular tomonidan.

    Qo‘mitaning turli mamlakatlardagi muxbirlari Twitter’dagi maxsus sahifada dolzarb muammolar yuzasidan tvitlar berib boradi. Foto: “Daryo”

    Qo‘mitaning turli mamlakatlardagi muxbirlari Twitter’dagi maxsus sahifada dolzarb muammolar yuzasidan tvitlar berib boradi. Foto: “Daryo”

    Uni biz o‘z bayonotimizga qo‘shamiz albatta. Lekin, shunga qaramay, axborot agentligimasmiz, balki advokatlik tashkilotimiz, ya’ni muayyan huquqlar uchun, xususan, matbuot erkinligi uchun kurashamiz va shunga da’vat etamiz. Bugungi bayonotda ham Belarus hukumatini jurnalistlarni ozod etishga chaqirdik.

    Faoliyatimizning katta bir qismi jurnalistlarga yordam berish bilan bog‘liq. Bunda moliyaviy yordam nazarda tutilmoqda. Masalan, O‘zbekistonda ham jurnalistlar qamoqda bo‘lganida yoki qandaydir sud ishiga jalb etilganida, ular boshqa sabablarga ko‘ra emas, haqiqatan jurnalistika uchun, aynan yozgan maqolalari, tayyorlagan reportajlari uchun quvg‘in qilinayotganiga ishonch hosil qilsak, u jurnalistga yordam beramiz, mablag‘ ajratamiz. Boshqa mamlakatlarda ham shunaqa. Misol uchun, mana hozir Suriyada juda katta inqiroz ro‘y bermoqda. Juda kichkina bir hududda katta sonda jurnalistlar qamalib qoldi. Necha haftadan beri shu masala bilan shug‘ullanadigan maxsus jamoamiz o‘sha jurnalistlarni Suriyadan olib chiqish ustida ishlamoqda. Bunda ham BMT, ham qo‘shni davlatlar — Qatar, Turkiya hukumatlari bilan muzokaralar olib borish va ularning roziligini olish, undan keyin jurnalistlarni olib chiqish talab etiladi. Bularning bari hozirgi kunda mening hamkasblarim ishlayotgan masalalardir.

    Foto: Jamshid Niyozov

    Foto: Jamshid Niyozov

    Nikaragua, Bangladesh — qayerda jurnalistlar qiyin ahvolda qolgan bo‘lsa, faoliyatimiz fokusini o‘sha yerga qaratamiz.

    - Va bu samara beradimi?

    - Samara beradi. Aytganimdek, ba’zi holatlarda jurnalistlarga mamlakatdan chiqib ketishga yordam beramiz. Ba’zida bu haqda ular, hech qanday bayonot chiqarmang, chunki men qo‘rqyapman, deydi. O‘shanda jurnalistning o‘ziga yoki oilasi bilan birga chiqib ketishga yordam beramiz va birinchi vaqtlarda kelgan mamlakatida yashab turishiga imkoniyat yaratib beramiz. Ayrim jurnalistlar bor, juda ko‘plab suriyalik jurnalistlar Turkiya orqali Yevropaga borib qolgan, u yerda boshpana so‘ragan, ammo ularning ishi haliyam ko‘rib chiqilyapti. Bunday vaziyatlarda, haqiqatan, bizning tadqiqotga ko‘ra, bu inson jurnalist va jurnalistikasi sababli aziyat chekmoqda, vatanini tark etishga majbur bo‘lgan degan mazmunda xat yozib beramiz, yoki BMT qochqinlar agentligi yoki boshqa tashkilotlarga tavsiya beramiz.

    - Xulosangiz inobatga olinadimi?

    - Ko‘p hollarda inobatga olinadi, chunki bizning tashkilot juda katta nufuzga ega. BMT doirasida bo‘ladimi, boshqa doiralarda bo‘ladimi, qayerda matbuot erkinligi muhokama qilinsa, bizning mutaxassislar taklif qilinadi.

    - O‘zbekiston haqida so‘z ochdingiz. Mana bugun O‘zbekistonda matbuot erkinligi shabbodalari yelib turibdi. Bu Shavkat Mirziyoyev davlat tepasiga kelganidan keyin boshlandi. Undan oldin esa matbuot ancha qattiq senzura ostida edi. Aytingchi, matbuot erkinligi shabbodasi ko‘proq yelgani sari jurnalistlarga qanday xavf tug‘ilishi mumkin?

    - Yaxshi savol. Bu savolni biz o‘zaro muhokama qilsak yaxshi bo‘lardi, chunki sizning fikringiz ham menga qiziq. O‘zbekistondagi o‘zgarishlar quvonarli, lekin ularning sur’atlariga qaraydigan bo‘lsak, shu paytgacha qilinishi mumkin va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bundan ham ko‘p. Jarayon asta-sekin kechyapti. Umuman olganda, ijobiy jarayon, lekin hatto qo‘shni mamlakatlarga qaraganda ham O‘zbekistondagi jurnalistlarga, matbuot erkinligiga oid masalada qilinadigan ishlar hali ko‘p. Chunki juda ko‘p veb-saytlar haliyam bloklangan, jurnalistlarda haliyam o‘zini o‘zi senzura qilish amaliyoti keng tarqalgan, chunki yillar davomida ular u yoki bu muhim masalani tanqidiy ravishda, mustaqil ravishda yoritishga jur’at etganida bu narsa boshiga urilgan. Bilamiz, ilgari qancha jurnalistlar qamoqda bo‘lgan, mana oxirgi yigirma yil ichida birinchi marta, bizning tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda qamalgan jurnalist qolmadi. So‘nggi ikki yilda bor jurnalistlar ozodlikka chiqarildi va hatto o‘tgan yili qamalgan ikki jurnalist ham juda katta, oshkora sud bo‘lganidan keyin ozodlikka chiqarildi.

    Foto: Jamshid Niyozov

    Foto: Jamshid Niyozov

    - Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov va boshqalarning ustidan juda katta sud jarayoni bo‘ldi. O‘zbekiston uchun bu ulkan voqea bo‘ldi. Balki birinchi marta jurnalist oqlanib chiqdi. Mana shu jarayonni siz kuzatdingizmi? Kuzatgan bo‘lsangiz, shu asosda qanaqa xulosalarga keldingiz?

    - Kuzatdik. Yaqindan kuzatib bordik. Bobomurod Abdullayev g‘oyib bo‘lib, keyin hibsxonada topilganidan boshlab. O‘tgan yil sentabr va oktabr oylarida bo‘lgan bu hodisalar. O‘shandan boshlab biz bayonot chiqardik, qo‘shma bayonotlarga qo‘shildik, nafaqat bizning tashkilot, balki boshqa tashkilotlar ham bu masalada ko‘plab bayonotlar chiqardi.

    Biz yiliga bir marta dunyo bo‘ylab qamalgan jurnalistlarga oid hisobotlar chiqaramiz. Dekabrda. O‘sha hisobotda ham qamalgan jurnalistlarning ismlarini ko‘rishingiz mumkin edi. Keyin boshlangan sudni ham kuzatib bordik. Haqiqatan ham, misli ko‘rilmagan sud bo‘ldi. Chunki birinchi marta 159-moddada gumon qilingan jurnalistlar ozodlikka chiqdi. Bobomurod to‘la oqlanmagan bo‘lsa-da, ozodlikka chiqdi.

    Lekin bir narsani aytib o‘tishim kerak. Agar xalqaro tajribaga va amaliyotga asoslansak, O‘zbekiston hukumati adolatsiz qamalgan va umrining muayyan qismini — bir necha oyini, ko‘plab yillarini qamoqda o‘tkazgan jurnalistlarni reabilitatsiya qilishi kerak, ma’naviy zararni qoplashi kerak. Mana shu amaliyotni O‘zbekiston hukumati boshlashi kerak. Haqiqatan to‘la demokratik davlat ekanligini xalqaro sahnada namoyish qilmoqchi bo‘lsa.

    - Bu sud O‘zbekiston imijini yaxshiladimi, nima deb o‘ylaysiz?

    - Mening nazarimda, dunyo miqyosida bu sud juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston imijini yaxshi tarafga o‘zgartirdi. Lekin yana bir narsani yodda tutish kerakki, xalqaro tashkilotlar, u yerda ishlaydigan odamlar juda katta mutaxassislar, yosh bolalar emas. Shunchaki sud yaxshi o‘tib, undan keyin o‘zgarish bo‘lmasa, bu ijobiy o‘zgarishlarni puchga chiqaradi. Bundan keyingi ahvol juda muhim.

    - Mamlakatimizda bugun jurnalistlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda hukumatning rolini qanday baholaysiz?

    - Bilasizmi, agar komil, ideal demokratik davlatni oladigan bo‘lsak, jurnalistlar bilan hukumatning ishi bo‘lmasligi kerak. Jurnalistlar o‘z vazifasini, ya’ni jamoatchilikni xabardor qilib turish vazifasini bemalol bajarishi kerak. Jurnalistlar ham har xil bo‘ladi: ba’zilari professional, ba’zilari unchalik emas, ba’zilarining siyosiy qarashlari o‘ng yoki so‘l bo‘ladi va hokazo. Bu haqiqiy demokratik jamiyatdagi vaziyat. Shunday ekan, hukumatning roli qanday bo‘lishi kerak deganda mana shu idealdan kelib chiqsak, hukumat umuman aralashmasin, hamma veb-saytlarni ochib qo‘ysin, jamoatchilikning o‘zi, ya’ni fuqarolar — o‘zbekistonliklarning o‘zlari, bu veb-sayt menga yoqadi, berayotgan reportajlari ishonchga sazovor ekan deb, o‘zi uchun o‘zi xulosa chiqarsin.

    Foto: A’zam Obidov

    Foto: A’zam Obidov

    Tushunaman, pragmatik yondashsak, O‘zbekistonda bir kunda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi. Hozirgi vaziyatda ko‘ryapmizki, prezidentdan yoki ayrim hukumat rasmiylari qaysi bir nozik masalani ko‘tarsa va tanqid qilsa, undan keyin jurnalistlar ham o‘sha masalani ko‘tarishga jur’at etyapti. Bu mina dalasida yurganday gap. U yerga qadam qo‘yasiz, bu yerga qadam qo‘yasiz, qani portlaydimi, yo‘qmi, deb qo‘rqasiz...

    - Hamon qo‘rquv bor.

    - Ha, hamon qo‘rquv bor. Afsuski, hamon qo‘rquv bor.

    - Bugungi suhbatdan judayam xursandmiz. Chiroyli va yaxshi suhbat bo‘ldi.

    - Rahmat

    - Yanada ko‘proq suhbatlar qilish umidida qolamiz.

    Eldar Asanov, Xurshid Daliyev, Jamshid Niyozovlar suhbatlashdi.

    29.08.2018, 19:15   Izoh (0)   19551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda mahalladoshining tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

    29.08.2018, 18:15

    Jizzaxda o‘t o‘chiruvchilar o‘rtasida “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

    29.08.2018, 18:06

    Toshkent shahar IIBB rahbari Mirobod tuman aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

    29.08.2018, 17:51

    Samarqandda mustaqillikning 27 yillik bayrami nishonlandi (foto)

    29.08.2018, 17:36

    Jizzaxlik yo‘lovchi ayol haydovchining telefoni va 650 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketdi

    29.08.2018, 17:20

    O‘rta Chirchiq tumanida narkotik moddalarning yashirin savdosiga chek qo‘yildi

    29.08.2018, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaga bir vaqtda mingdan ortiq Shahed uchirishga tayyorlanmoqda — OAV

    Dunyo | 26 may, 08:55

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan ikki kishi ushlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 08:34

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.